SERTIFIKATLASH XIZMATLARI

Biz haqimizda

ACERTA — bu sizning ishonchli va malakali sertifikatlashtirish va inspeksiya xizmatingiz. Biz korxonalarga xalqaro standartlarga mos ravishda ishlash, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda global bozorlarga chiqish imkonini yaratamiz.

ACERTA o‘z faoliyatini Acerta Middle East
bilan hamkorlikda olib boradi. Acerta — ISO/IEC 17021-1 standarti bo‘yicha EGAC
(Misr Milliy Akkreditatsiya Kengashi) tomonidan akkreditatsiyalangan
sertifikatlashtirish organidir.

Xizmatlar

GLOBAL G.A.P

GLOBALG.A.P. (Global Good Agricultural Practice) — bu butun dunyo bo‘ylab fermer xo‘jaliklari uchun yaxshi qishloq xo‘jaligi amaliyotlari (GAP) standartlarini belgilovchi xalqaro sertifikatlash tizimi hisoblanadi. Bu tizim asosan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, sifati, atrof-muhitga ta’siri, ishchilarning sog‘ligi va hayvonlar farovonligini nazorat qilishga qaratilgan.

Organic (EU, USDA)

Organic (Organik) sertifikati — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kimyoviy moddalarsiz, ekologik toza va tabiiy usulda yetishtirilganini tasdiqlovchi xalqaro hujjatdir.

Kosher

Kosher sertifikati — yahudiy diniy qonun-qoidalariga (kaşrut) muvofiq mahsulot ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi hujjat. Bunda xomashyo, ishlab chiqarish jarayoni, uskunalar va qadoqlash bosqichlari diniy talablarga mosligi maxsus vakolatli ravvinlar yoki sertifikatlash organlari tomonidan tekshiriladi. Kosher sertifikati odatda oziq-ovqat, ichimliklar va farmatsevtika mahsulotlariga beriladi.

Afzalliklari:

  • Yahudiy iste’molchilari uchun ishonch
  • Eksport bozorida keng imkoniyatlar
  • Gigiyena va sifat standartlariga mos ishlab chiqarish

Halal

Halal sertifikati — mahsulot yoki xizmatning islom shariatiga muvofiq, ya’ni harom moddalarsiz, diniy talablarga rioya qilgan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.

ISO 9001

ISO 9001 — bu tashkilotlarda sifat menejmenti tizimi (QMS — Quality Management System) joriy etilganini tasdiqlovchi xalqaro standart hisoblanadi. Uni ISO — Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti ishlab chiqqan.

ISO 9001 tashkilot mahsulot yoki xizmat sifati, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va doimiy yaxshilanish tamoyillariga asoslangan.

ISO 14001

ISO 14001 — bu tashkilotlarda atrof-muhit menejmenti tizimi (EMS – Environmental Management System) mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro standart hisoblanadi.

U tashkilotning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish, ekologik qonunlarga rioya qilish va barqaror rivojlanishni ta’minlash qobiliyatini belgilaydi.

ISO 14001 = “Tashkilot atrof-muhitga e’tiborli, ekologik xavfsiz va qonunlarga amal qilmoqda” degani.

ISO 22000

ISO 22000 — bu oziq-ovqat xavfsizligi menejment tizimi (FSMS – Food Safety Management System) uchun xalqaro standartdir.

U oziq-ovqat ishlab chiqarish zanjirining har bir bosqichida mahsulotning xavfsizligi, gigienasi va iste’molchiga zarar yetkazmasligi kafolatlanishini ta’minlaydi.

ISO 22000 = “Siz ishlab chiqargan oziq-ovqat iste’molchi uchun xavfsiz” degan kafolat.

ISO 45001

ISO 45001 — Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni saqlash menejmenti tizimi. ISO 45001 — bu xalqaro standart bo‘lib, ish joylarida xodimlar sog‘lig‘i va xavfsizligini himoya qilish uchun yaratilgan. U tashkilotlarga mehnat muhitini xavfsiz va salomatlikka qulay qilishda yordam beradi.

Bu standart yordamida korxona o‘z xodimlarini jarohatlar, kasbiy kasalliklar va halokatlardan himoya qiladi.

ISO 13485

ISO 13485 — bu tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, yetkazib berish va servis xizmatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimi standartidir.

U xalqaro darajadagi tibbiy mahsulotlar xavfsizligi, izchil sifati va qonunlarga mosligini ta’minlashga xizmat qiladi.

ISO 27001

ISO/IEC 27001 — bu tashkilotlar uchun axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (ISMS) yaratish, joriy etish, nazorat qilish va takomillashtirishga mo‘ljallangan xalqaro standartdir.

U axborot, mijoz ma’lumotlari, moliyaviy ma’lumotlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish yoki o‘g‘irlikdan himoya qilishni maqsad qiladi.

Nima uchun ACERTA?

Akkreditatsiyalangan va tajribali auditorlar

Akkreditatsiyalangan va tajribali auditorlar

Tashkilotga moslashtirilgan yondashuv

Tashkilotga moslashtirilgan yondashuv

Halol va shaffof audit jarayoni

Halol va shaffof audit jarayoni

Xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlar

Xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlar

Bog'lanish

Manzil

Qozog’iston ko’chasi 21-uy Yunusobod tumani, Toshkent shahar, O‘zbekiston

Telefonlar

+ 998 50 150 77 07
+ 998 50 550 99 51

Scroll to Top